1 kishi halok bo‘lgan, kamida 30 kishi jarohat olgan: Buxorodagi kuchli shamol oqibatlari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berildi

1 kishi halok bo‘lgan, kamida 30 kishi jarohat olgan: Buxorodagi kuchli shamol oqibatlari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berildi
  • Просмотров: 93
  • Год: 2020
  • Источник: Kun.uz
  • Добавлено: 28 апрель 2020

Подпишись наш YouTube
Описание
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
2020 yil 27 aprel kuni soat 20:00 dan 28 aprel soat 00:30 ga qadar Turkmaniston Respublikasi hududidan kuchli shamol kirib kelib, respublikaning Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 9-40 m/sek. tezlikda shamol esishi kuzatilgan. 
FVV xabariga ko‘ra, natijada bir necha fuqaro jabrlanib, ulardan bir nafari halok bo‘ldi. Shuningdek, hududlardagi daraxtlarning ag‘darilishi natijasida ijtimoiy soha obektlari, aholi yashash xonadonlari va avtotransport vositalariga zarar yetgan.

Yuzaga kelgan shamol oqibatlarining asosiy qismi Buxoro viloyatiga to‘g‘ri keladi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, taxminan 29 nafar fuqaro yengil va 1 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olgan bo‘lib, 1 ta holatda o‘lim qayd etilgan.
Yengil va og‘ir tan jarohati olgan 5 nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 26 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyga javob berilgan.
Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha viloyat hokimliklarida shtablar tashkil etilib, favqulodda vaziyatlarni baholash komissiyalari keltirilgan zararlarni aniqlash ishlarini olib bormoqda.

Amaliy tadbirlarga FVBlardan jami 704 nafar shaxsiy tarkib, 127 ta avtotransport vositasi, shuningdek, mahalliy hokimiyatlar va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi IIB, SSB, kommunal va boshqa tegishli xizmatlardan mas'ul xodimlarni jalb etgan holda talafot oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda, deyiladi ma'lumotda.



Комментарии (0)
Добавить
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив