» » Windows Phone “o‘ladi”. Hatto qachon “o‘lishi” ham ma’lum bo‘ldi.

Windows Phone “o‘ladi”. Hatto qachon “o‘lishi” ham ma’lum bo‘ldi.

  • Просмотров: 107
  • Дата релиза: 31-10-2019, 20:24
  • Нравится ?
    Да (0%)
    Нет (0%)
Windows Phone “o‘ladi”. Hatto qachon “o‘lishi” ham ma’lum bo‘ldi.
Microsoft kompaniyasi 16-dekabr kuni Windows Phone 8.1 operatsion tizimi faoliyatini to‘xtatadi. Kompaniya o‘z do‘konidagi ushbu operatsion tizimda ishlaydigan smartfonlarni o‘chiradi, deb xabar berdi Slashgear.


Ushbu mobil operatsion tizim versiyasi olti yildan kamroq vaqt davomida ishladi. Aslida, Redmonddagi kompaniya bundan ikki yil oldin 8.1 da ishlaydigan smartfonlarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan. Biroq foydalanuvchilar rasmiy do‘kon orqali ayrim dasturlarni yangilab olishi mumkin edi. 16-dekabrdan operatsion tizim to‘liq Windows Phone Store’dan o‘chiriladi.

Foydalanuvchilar o‘z devayslarini ishlataveradi, biroq bundan buyon hech qanday yangilanish bo‘lmaydi, ya’ni Lumia egasi biror dasturni o‘chirib yuborsa uni qayta o‘rnata olmaydi.

Microsoft kompaniyasi Windows Phone 8.1 apparati foydalanuvchilariga Windows 10 Mobile ishlatishni tavsiya qilmoqda. 
Ammo 10-dekabrdan Microsoft ushbu operatsion tizimni ham qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi (lekin do‘kondan yuklab olish mumkin).
Комментарии (0)
Комментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив