» » Internet qayerda tez va arzon?

Internet qayerda tez va arzon?

  • Просмотров: 19
  • Источник: Kun.uz
  • Дата релиза: 21-12-2019, 17:47
  • Нравится ?
    Да (0%)
    Нет (0%)
Internet qayerda tez va arzon?

Picodi.com analitiklari dunyodaning 62 mamlakatidagi 233ta cheklanmagan optik tolali internet provayderlari prays-listlarini o‘rganib chiqishdi.

Speedtest.net platformasi ma'lumotlariga ko‘ra, jahonda simli internetning o‘rtacha tezligi 70 Mbit/sni tashkil etadi. O‘z navbatida, 100 Mbit/s — 62 mamlakatdan 55tasida taklif etiladigan tezlikdir. 

Polsha, Ruminiya, Fransiya va Singapur kabi davlatlarda yirik internet provayderlar bunday «past» tezlikni taklif qilmaydi. Polsha va Ruminiyada minimal tezlikdagi tarif — 150 Mbit/s, Fransiyada — 200 Mbit/s, Singapurda — 500 Mbit/s.  

100 Mbit/s tezlikdagi internet qayerda arzon?

Ro‘yxatda qayd etilgan mamlakatlar orasida 100 Mbit/s tezlikdagi internet uchun eng katta to‘lovni JAR aholisi to‘laydi — oyiga o‘rtacha 87 dollar. Islandiya va Norvegiyada bu tezlikdagi internet uchun oyiga 69 dollar to‘lanadi.

Sharqiy Yevropadagi ayrim davlatlarda 100 Mbit/s tezlikdagi internet uchun to‘lov judayam arzon: Moldovada — oyiga 9,66 dollar, Rossiyada — 7,68 dollar va Ukrainada — 6,19 dollar.

Picodi.com analitiklari O‘zbekistonni 100 Mbit/s tezlikdagi internet uchun to‘lovning qimmatligi bo‘yicha 11-o‘ringa qo‘yishgan. Ularning ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda bu tezlikdagi internet uchun oyiga 51,22 dollar to‘lanadi. (Ayni paytda «O‘zbektelekom» oyiga 599 ming so‘m evaziga (62 dollar) 100 Mbit/s tezlikdagi cheklanmagan internet tarifini taklif etmoqda.
Bir xil narx – har xil tezlik

Analitiklar shuningdek, oyiga 20 dollar evaziga qanday tezlikdagi internetga ega bo‘lish mumkinligini ko‘rib chiqishdi. Ularga ko‘ra, Vengriya, Hindiston, Latviya, Moldova, Ruminiya va Ukrainada ushbu narxga 1 Gbit/s tezlikdagi internetdan foydalanish mumkin.

Tojikistonda esa 20 dollarga 1 Mbit/s tezlikdagi internetga ega bo‘linadi.

O‘zbekistondagi ko‘rsatkich 20 Mbit/s deb e'tirof etilgan.

O‘zbekistonda internet tezligi 10 barobarga oshirildi (mi?)

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbektelekom» AK 2018 yil 1 dekabrdan O‘zbekistondagi internet tezligi 10 barobarga oshirilishini e'lon qilgandi.

Oradan bir hafta o‘tgach Kun.uz'ning Telegram-kanalida o‘tkazilgan va 28 mingga yaqin kishi ovoz bergan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning 74 foizi (20 mingdan ortiq kishi) internet tezligida o‘zgarishni umuman his etmaganini bildirgan, faqat 3 foizi (723 kishi) jiddiy va ijobiy o‘zgarish yuz berganiga ishonishini aytgan, 10 foiz respondent (3 ming) esa qanchadir miqdorda sifat oshganini e'tirof etgandi.

2019 yil yozida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining tijorat masalalari bo‘yicha direktori Alisher Zufarov «O‘zbekistonda internet tezligi qachon haqiqatan ham 10 barobarga oshiriladi?» degan savolga quyidagicha javob qaytardi:

«O‘zbektelekom» AK tomonidan Xalqaro paketli kommutatsiya markazi komplekslari modernizatsiya qilindi va shu tariqa XPKM komplekslarining umumiy o‘tkazish qobiliyati 10 barobar: o‘zgartirilgan trafigi 110 Gbit/s.dan 1200 Gbit/s.gacha o‘sdi.

Bu — O‘zbekistonda internet tezligi 10 marta yaxshilandi, degani. Endi esa kabellar va boshqa internet qurilmalarini yangilash, ana shu tezlikka moslash kerak».
Комментарии (0)
Комментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив