30 apreldan boshlab sutkaning muayyan vaqtida shaxsiy transportdan foydalanishga ruxsat berildi

30 apreldan boshlab sutkaning muayyan vaqtida shaxsiy transportdan foydalanishga ruxsat berildi
  • Просмотров: 44
  • Источник: Kun.uz
  • Добавлено: 30 апрель 2020

Подпишись наш YouTube
Описание
Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2020 yil 30 aprel kuni soat 06:00dan:
  • fuqarolarga – ish joyiga borib kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish uchun soat 07:00dan 10:00gacha hamda 17:00dan 20:00ga qadar barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari (yo‘lovchilar bilan birga), shu jumladan velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga;
  • fuqarolarga – shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarning bevosita oldida va ichki hovli hududlarida ijtimoiy masofani (oraliq masofa 2 metr) saqlagan va niqoblar taqilgan holda sayr qilishga, bunda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onalarining hamrohligida sayr qilishga;
  • oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari va professor o‘qituvchilariga – ilmiy ishlarni davom ettirish maqsadida laboratoriya va kafedralar faoliyatlarini tiklash ruxsat berildi.
Shuningdek, tumanlararo (shaharlararo), viloyatlararo va Toshkent shahriga kirib-chiqishda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarlarning barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalarida harakatlanishiga ichki ishlar organlari tomonidan mahsulotlarni tezkor va qulay yo‘nalishlar orqali o‘z manzillariga yetib borishiga ko‘maklashish belgilandi.
Ta'kidlash joiz, jamoat joylari, bozorlar va ruxsat berilgan savdo xizmat shoxobchalarida hamda avtotransport vositalarida harakatlanish davomida barcha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tegishlicha sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etilishi talab etiladi.
Комментарии (0)
Добавить
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив