Taksi xizmatlari yo‘lovchilar tashish faoliyatini tikladi

Taksi xizmatlari yo‘lovchilar tashish faoliyatini tikladi
  • Просмотров: 52
  • Источник: Kun.uz
  • Добавлено: 30 апрель 2020

Подпишись наш YouTube
Описание
O‘zbekistonda taksi xizmatlari ertalab soat 7:00 dan 10:00 gacha va kechki soat 17:00 dan 20:00 gacha ishlay boshladi.


Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 30 apreldan e'tiboran fuqarolarga ish joyiga borib kelish, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish uchun soat 07:00 dan 10:00 ga hamda soat 17:00 dan 20:00 ga qadar barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari (yo‘lovchilar bilan birga), shu jumladan, velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berildi.
Bugungi kunda taksi kompaniyalari yetkazib berish xizmatlaridan tashqari yo‘lovchilar tashishni ham boshladi.
«Barcha fuqarolarga yo‘lovchilar bilan avtomobilda harakatlanish ruxsat berilgani sababli, «Mini», «Ekonom», «Komfort» va «Biznes» tarif rejalari ishi tiklanganligi haqida mamnuniyat bilan xabar beramiz. Endi siz MyTaxi xizmatlaridan kuning ma'lum qismida, aniqrog‘i soat 07:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha foydalanishingiz mumkin», - deya xabar bergan MyTaxi.
Комментарии (0)
Добавить
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив