O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
  • Просмотров: 50
  • Источник: Kun.uz
  • Добавлено: 30 апрель 2020

Подпишись наш YouTube
Описание
1-2 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi.



1 mayda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublikaning qolgan hududlarida kechga borib yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
2 mayda respublikada yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Shamolning tezligi 15-29 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda shamol shiddati 23-28 m/s gacha yetishi mumkin.
30 aprel - 3 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Комментарии (0)
Добавить
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив